Xalqaro hamkorlik doirasida memorandum imzolandi.
Xalqaro hamkorlik doirasida memorandum imzolandi.
🌏 Xalqaro hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...
📝 2026-yil 3-mart kuni Jizzax Sambhram university hamda Vengriyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Óbuda university o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
📊 Mazkur tashrif doirasida Óbuda university rektori, professor, doktor Levente Kovács universitetimizga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro reyting va e’tirofni oshirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
💡 Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun xalqaro maydonda keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
⏳ Jizzax Sambhram universiteti kengashi tomonidan Óbuda university rektori, professor, doktor Levente Kovácsga “Faxriy doktor” unvonini berish tashabbusi ilmiy ehtirom ifodasi bo'lish bilan birga, strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qadamdir.
📢 Jizzax Sambhram university xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish orqali zamonaviy, raqobatbardosh va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
Galereya