info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
info@sambhram.uz   |   +998 (72) 221-58-68   |   Jizzax, O'zbekiston     
Bizning hayotimiz

Talaba bo'lish - ajoyib tajriba!

Jizzax Sambhram Universitetida talabalar nafaqat ta'lim oladilar, balki to'laqonli rivojlanadilar. Biz har bir talabaning iste'dodi va qobiliyatlarini ochish uchun barcha imkoniyatlarni yaratdik.

Zamonaviy yotoqxonalar, sport majmualari, madaniy to'garaklar, ilmiy klublar va ko'plab boshqa imkoniyatlar sizni kutmoqda. Bizning maqsadimiz - nafaqat yaxshi mutaxassis, balki har tomonlama rivojlangan shaxs tayyorlash.

5000+

Faol talabalar

50+

To'garaklar

95%

Bandlik ko'rsatkichi

Student Life
TOP Universitet
Turar joy

TALABALAR TURAR JOYI

Dormitory
Yangi

1-Yotoqxona (Erkaklar)

Zamonaviy jihozlangan 500 o'rinli erkaklar yotoqxonasi

  • 2-3 o'rinli xonalar
  • Wi-Fi internet
  • 24/7 xavfsizlik
  • Oshxona va kir yuvish
  • O'quv xonalari
300,000 so'm/oy
Dormitory
Premium

2-Yotoqxona (Qizlar)

Qulayliklar bilan ta'minlangan 450 o'rinli qizlar yotoqxonasi

  • 2-3 o'rinli xonalar
  • Wi-Fi internet
  • 24/7 xavfsizlik
  • Fitnes zali
  • Dam olish zonalari
300,000 so'm/oy

Yotoqxonaga ariza topshirish

Yotoqxonaga joy ajratish uchun arizalar qabul qilinadi. Birinchi kurs talabalari va chet el talabalari uchun ustunlik beriladi. Ariza topshirish uchun talabalar bo'limi bilan bog'laning.


Ariza topshirish
Sport va sog'lom turmush tarzi

SPORT TO'GARAKLARI

Futbol

Universitet jamoasi va o'quv mashg'ulotlari

Dush, Chor, Juma - 17:00

Voleybol

Ichki va tashqi maydonlar

Dush, Panj - 16:00

Stol tennisi

Individual mashg'ulotlar

Har kuni - 15:00-19:00

Shaxmat

Intellektual o'yin to'garagi

Pay, Shan - 16:00
Bilim manbai

KUTUBXONA

100,000+

Kitoblar

50,000+

Elektron resurslar

200+

Jurnallar

500

O'qish o'rinlari

Kutubxona xizmatlari

Elektron katalog

Onlayn qidiruv tizimi

Elektron kitoblar

24/7 onlayn kirish

Wi-Fi zona

Bepul internet

Ish vaqti

Dush-Shan: 08:00-20:00

#Kelajakka_qadam

“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l!

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko‘maklashish uchun moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Dastur doirasidagi yo‘nalishlar:

“Tadbirkorlikka ilk qadam”

Boshlang'ich tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalar uchun imtiyozli moliyaviy imkoniyatlar.

Batafsil ma'lumot

“Biznes start”

Yangi biznes loyihalari va startaplarni muvaffaqiyatli yo'lga qo'yish hamda rivojlantirish.

Batafsil ma'lumot

“Biznes progress”

Mavjud biznes faoliyatini kengaytirish, yangi bosqichga olib chiqish va daromadni oshirish.

Batafsil ma'lumot

“Talaba invest”

Talabalar uchun zamonaviy investitsiyaviy ko'mak va loyihalarni moliyalashtirish.

Batafsil ma'lumot

“Mening birinchi kasbim”

Kasb egallash, malaka oshirish, amaliy tajriba orttirish va nufuzli kompaniyalarda ishlash.

Batafsil ma'lumot

Mazkur imkoniyatlar orqali:

Har bir talaba va bitiruvchi uchun yaratilayotgan sharoitlar

Biznesni boshlash va rivojlantirish
Kasb va ko‘nikmalarni egallash
Yangi ish o‘rinlari yaratish
Xorijda ta’lim olish va tajriba orttirish imkoniyatlari yaratilmoqda

G‘oyangizni imkoniyatga, imkoniyatni esa muvaffaqiyatga aylantiring!

#Career_Edu

CAREER EDU — TALABALAR VA ISH BERUVCHILAR PLATFORMASI

Career Edu — O‘zbekistondagi eng yirik milliy karyera platformasi. Oliy ta'lim muassasalari, talabalar va 1,200+ nufuzli korxonalarni bog‘lovchi yagona ekotizim orqali ish toping, amaliyot o‘tang va AI yordamida professional karyerangizni boshlang!

1 000 000+ Faol talabalar
1 200+ Hamkor kompaniyalar
10 000+ Bo'sh ish o'rinlari
AI Powered Sun'iy intellekt xizmatlari

AI Rezyume yaratuvchi

Sun'iy intellekt yordamida bir necha daqiqada xalqaro standartlarga mos professional rezyume (CV) shakllantiring.

Dolzarb vakansiyalar

Yetakchi kompaniyalardan eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlarini qidiring va to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ariza yuboring.

Amaliyot (Internship) moduli

OTM, korxona va talaba o‘rtasida amaliyot jarayonlarini monitoring qilish va elektron shartnomalar tuzish tizimi.

AI sinov suhbati

Sun'iy intellekt orqali ish intervyulariga tayyorgarlik ko‘ring, savollarga javob bering va o‘z ko‘nikmalaringizni oshiring.

Platformadan foydalanish — 4 ta sodda qadam
1
Rezyume yaratish

AI yordamida yoki shaxsiy ma'lumotlaringiz asosida professional rezyume shakllantiring.

2
Ariza berish

O‘zingizga mos bo‘sh ish o‘rni yoki amaliyot dasturini tanlang va arizangizni jo‘nating.

3
Suhbatdan o'tish

Ish beruvchilar bilan bog‘laning yoki AI intervyu orqali o‘zingizni sinab ko‘ring.

4
Ishga joylashish

Orzuyingizdagi ishga joylashing va o‘z karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing.

Karyerangizni bugundan boshlashga tayyormisiz?

O‘zbekistonda ish, amaliyot va professional rivojlanish uchun 1-raqamli karyera platformasiga a'zo bo'ling.

career.edu.uz