info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
info@sambhram.uz   |   +998 (72) 221-58-68   |   Jizzax, O'zbekiston     

“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...

12-Iyun, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Jizzax Sambhram universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Rektor kubogi” mini futbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, talaba-yoshlar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — BSc fakulteti jamoasi
🥈 2-o‘rin — Sirtqi bo‘lim jamoasi
🥉 3-o‘rin — BBA fakulteti jamoasi

✅ G‘olib va sovrindor jamoalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

🎓 Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilgan ushbu musobaqa ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

💡 G‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yangi zafarlar tilaymiz!

Galereya