info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
info@sambhram.uz   |   +998 (72) 221-58-68   |   Jizzax, O'zbekiston     

Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!

4-Iyul, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!

Jizzax shahrida o‘tkazilgan Umummilliy AI Hackathon tanlovida Jizzax Sambhram universiteti talabalari va ilmiy jamoasi munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

🎉 Universitet Ilmiy bo‘limi boshlig‘i Xasan Abdiyev boshchiligidagi "Yosh tadbirkorlar" jamoasi Biznes yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, Apple MacBook Air va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🥉 Shuningdek, universitet talabasi Yunus Xabibullayev a’zo bo‘lgan "Alfa" jamoasi Tibbiyot yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egallab, 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

💡 Mazkur yutuqlar Jizzax Sambhram universitetida innovatsiyalar, sun’iy intellekt va ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasi bo‘ldi.

👏 G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi bosqichlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Galereya