School 21 — Sambhram universitetida muhim uchrashuv!
School 21 — Sambhram universitetida muhim uchrashuv!
Zamonaviy IT ta’lim loyihasi — School 21 jamoasi Jizzax Sambhram universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📝 Tadbir davomida talabalar uchun quyidagi muhim yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi:
🔹 Bepul IT ta’lim tizimi va uning afzalliklari
🔹 “Hovuz” (saralash bosqichi) jarayoni
🔹 IT sohasidagi real imkoniyatlar va karyera yo‘llari
🔹 Hujjat topshirish tartibi hamda savol-javoblar
💡 Uchrashuv jarayoni interaktiv tarzda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
🔹 Bunday uchrashuvlar yoshlarning zamonaviy kasblarga yo‘naltirilishida muhim ahamiyat kasb etadi!
Galereya