info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
info@sambhram.uz   |   +998 (72) 221-58-68   |   Jizzax, O'zbekiston     

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...

13-May, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...

2026-yil 13-may kuni Jizzax Sambhram universiteti hamda Samarqand viloyatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — International School of Finance Technology and Science (ISFT) instititi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur tashrif doirasida International School of Finance Technology and Science (ISFT) instititi mas’ullari universitetimizga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro reyting va e’tirofni oshirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun xalqaro maydonda keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Galereya