info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston

“Amir Temur vorislari” harbiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

12-Aprel, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

“Amir Temur vorislari” harbiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.

📌 2026-yil 9-aprel kuni Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida Jizzax viloyat Yoshlar ittifoqi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida “Amir Temur vorislari” harbiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📢 Musobaqa quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:

1️⃣ “AK-74” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish estafetasi
2️⃣ “Mohir mergan” dasturi
3️⃣ Arqon tortish
4️⃣ Tosh ko‘tarish
5️⃣ Kamondan o‘q otish
6️⃣ Mini futbol

🔔 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 -o‘rin — Jizzax Sambhram universiteti
🥈 -o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
🥉 -o‘rin — Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali.

✨ G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy tabriklaymiz!

Galereya