Yangiliklar

Asosiy rasm

14-Fevral, 2026-yil 5:43

🌏 Ilmli ayol — jamiyat tayanchi: Jizzaxda “Ilm va ayol — barqaror jamiyat sari” davra suhbati bo‘lib o‘tdi...

📊 2026-yil 14-fevral kuni “11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ilm va ayol — barqaror jamiyat sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir ilm-fan rivojida ayollarning o‘rni, ularning intellektual salohiyati hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini keng targ‘ib etishga qaratildi. 📝 Davra suhbati O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Olima uyushmasi, Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Jizzax viloyati Olima uyushmasi hamda Jizzax Sambhram universiteti hamkorligida o‘tkazildi. 💡 Tadbir davomida olima ayollar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning innovatsion g‘oyalari, yosh qizlarni ilm yo‘liga jalb etish borasidagi tashabbuslar haqida atroflicha fikr almashildi. Jumladan, Jizzax Sambhram universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nargiza Saliyeva ham tadbirda ishtirok etib, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi. ⏳ Ta’kidlanganidek, ilmli va ma’rifatli ayol — jamiyat tayanchi, kelajak bunyodkoridir. Ayollarning ilm-fandagi faolligi ortgani sari mamlakatning innovatsion salohiyati, ijtimoiy barqarorligi va taraqqiyoti yanada mustahkamlanadi.

Qo‘shimcha rasm