| F.I.SH | Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich |
| Lavozim | “Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, (PhD), dotsent |
| Telefon | +998933054500 |
| E-pochta | uyarlakabov1979@gmail.com |
| Qabul vaqti | Dushanba-Senshanba-Juma 14:00 16:00 |
“Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirish va fanlararo integratsiyani kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan muhim ilmiy-pedagogik tuzilmalardan biri hisoblanadi. Ushbu kafedra Jizzax SAMBHRAM universitetida ilgari faoliyat yuritgan “Fundamental fanlar” hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarini birlashtirish asosida shakllantirilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetdagi barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari uchun dars mashg‘ulotlarini olib boradi. Bu esa kafedraning universitetdagi o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash va keng dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda kafedrada jami 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibi quyidagicha: 4 nafar falsafa doktori (PhD), 8 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchidan iborat. O‘quv jarayonini tashkil etishda jami 14,5 shtat birligi ajratilgan bo‘lib, ular orasida kafedra mudiri, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va assistent o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Kafedraning ilmiy salohiyati ham yetarlicha yuqori bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, katta o‘qituvchilar Suyunova G.X., Sharipov S.S., Shodiyarova M.T. hamda o‘qituvchilar Suvankulova M.B. va Shukurova L.Sh. ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanib, fan rivojiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Kafedraning asosiy vazifalaridan biri – talabalarga fundamental bilimlar berish bilan birga, ularning ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishdir. Bu orqali talabalar nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha, balki jamiyat, madaniyat, tarix va insoniyat taraqqiyoti haqida ham keng tasavvurga ega bo‘ladilar.