info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Kamilov Dilshod To‘ychi o‘g‘li
F.I.SHKamilov Dilshod To‘ychi o‘g‘li
LavozimBiznes boshqaruv kafedrasi mudiri iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent PhD
Telefon+998722215868
E-pochta kamilovdilshod07@gmail.com
Qabul vaqti Dushanba-Senshanba-Juma 14:00 16:00
Umumiy ma'lumot

“Biznes boshqaruv” kafedrasi Sambhram universiteti ilmiy kengashining qaroriga muvofiq 2024-yil 19-fevralda tashkil etilgan bo‘lib, universitetning iqtisodiy yo‘nalishdagi muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Kafedra tashkil etilishi zamonaviy iqtisodiyot sharoitida boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati bilan bog‘liqdir.

Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab unga iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tursunqulov Inom Abduhalilovich rahbar etib tayinlangan bo‘lib, hozirgi kungacha ushbu lavozimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Uning rahbarligida kafedra o‘z faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yib, ta’lim va ilmiy izlanishlar borasida muhim natijalarga erishib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada jami 28 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular orasida 6 nafar xorijiy, xususan Hindistonlik professor-o‘qituvchilarning mavjudligi kafedraning xalqaro tajribaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi ilmiy daraja va lavozimlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 8 nafar falsafa doktori (PhD), shundan 5 nafari dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar assistent hamda 2 nafar tarjimon faoliyat olib boradi. Kafedraning ilmiy salohiyati 29 foizni tashkil etadi, bu esa ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri – zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan biznes boshqaruvi mutaxassislarini tayyorlashdir. Shu maqsadda kafedrada 60410900 – “Biznesni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida, shuningdek, 70411302 – “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berib kelinmoqda. O‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari (DTS) hamda namunaviy o‘quv rejalari asosida tashkil etilgan.

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar soni 38 tani tashkil etadi. Har bir fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu majmualar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.