info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Alishev Sherqo’zi Abdumannonovich
F.I.SHAlishev Sherqo’zi Abdumannonovich
Lavozim«Axborot texnologiyalari muhandisligi» kafedrasi mudiri (PhD), dotsent
Telefon+998973283004
E-pochta sheralishev1985@mail.ru
Qabul vaqti Dushanba-Senshanba-Juma 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma'lumot

“Axborot texnologiyalari muhandisligi” kafedrasi zamonaviy ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida 2024-yilda universitet rektori professor D. Xusanov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu kafedra tashkil etilganidan buyon qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga kirishdi. 2024-yil 18-sentabrdan boshlab texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alishev Sherqo‘zi Abdumannonovich kafedra mudiri etib tayinlangan bo‘lib, hozirgi kungacha ushbu lavozimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilimga ega, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Shu maqsadda kafedra “Axborot texnologiyalari muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi talabalarni o‘qitadi. Ta’lim jarayoni nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va real loyihalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda tashkil etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada jami 13 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning 10 nafari professor-o‘qituvchilar bo‘lib, 3 nafari tarjimonlardan iborat. Kafedrada 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 7 nafar o‘qituvchi mavjud. Professor-o‘qituvchilar jamoasi o‘z bilim va tajribalarini talabalar bilan baham ko‘rish bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ham juda keng va zamonaviy hisoblanadi. Ular qatoriga dasturlash tillari (C, C++, Java, Python), ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar, operatsion tizimlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlar bazasi tizimlari, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish, kiberxavfsizlik, blokcheyn texnologiyalari, bulutli hisoblash, IoT (narsalar interneti), robototexnika va boshqa ko‘plab fanlar kiradi. Bu fanlar orqali talabalar IT sohasining turli yo‘nalishlarida chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.