info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Abdug‘aniyev Bekzod Burxon ug‘li
F.I.SHAbdug‘aniyev Bekzod Burxon ug‘li
Lavozim«Axborot texnologiyalari fanlari » kafedrasi mudiri . (PhD)
Telefon+998943405355
E-pochta abduganiyev-bekzod@mail.ru
Qabul vaqti Seshanba - Payshanba 14:00 16:00
Umumiy ma'lumot

“Axborot texnologiyalari fanlari” kafedrasi 2024-yilda universitet rektori professor D. Xusanov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kafedraga 2024-yil 18-sentabrdan buyon PhD Abdug‘aniyev Bekzod Burxon o‘g‘li rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra axborot texnologiyalari yo‘nalishida bakalavr va magistr mutaxassislarini tayyorlaydi.

Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ular orasida professor-o‘qituvchilar va tarjimonlar mavjud bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, katta ma’lumotlar va zamonaviy dasturlash yo‘nalishlarida olib borilmoqda.

Kafedra kelgusida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy loyihalarni kengaytirish, raqamli ta’lim muhitini takomillashtirish hamda talabalarni zamonaviy IT texnologiyalari asosida tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan. Shu bilan birga, talabalarni amaliy loyihalar, startaplar va innovatsion ishlanmalarga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.