Elonlar

Asosiy rasm

18-Fevral, 2026-yil 5:49

🌏 Sambhram universitet talabalari o‘rtasida “Kitobxon bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi!

Mazkur tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: 🥇 Test sinovi 🥈 Suhbat bosqichi Tanlov quyidagi asarlar asosida o‘tkaziladi: ✅ Jahon adabiyotidan: Chingiz Aytmatov – “Jamila” Fyodor Dostoevsky – “Jinoyat va jazo” ✅ O‘zbek adabiyotidan: Abdulla Qodiriy – “O‘tgan kunlar” O‘tkir Hoshimov – “Dunyoning ishlari” 🎓 Tanlov yakunida eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📢 Tanlovda 1–4-kurs talabalari hamda magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Barcha kitobsevar talabalarni ushbu intellektual bellashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz! ⏳ Tanlov 27–28-fevral kunlari o‘tkaziladi.