Asosiy rasm

12-Noyabr, 2025-yil 0:42 0

Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajakka qadam” dasturini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qaroriga muvofiq “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan. Barcha oliy ta’lim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari sifatida belgilangan bo‘lib, talabalarni bandligini ta’minlash, bitiruvchilar o‘rtasida mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida keng axborot berish maqsadida “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlik kelishuvlari imzolangan. Qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek, Dastur faoliyati haqida talabalarni keng xabardor qilish maqsadida har bir oliy ta’lim tashkiloti “Kelajakka qadam” dasturini tizimli targ‘ib qilish va bitiruvchi talabalarni faol jalb etish maqsadida, har bir OTMning rasmiy veb-saytida dastur uchun alohida bo‘lim tashkil etish tavsiya etiladi. Mazkur bo‘lim orqali talabalar “Kelajakka qadam” dasturining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga o‘tish uchun QR-kod (1-ilovaga muvofiq) orqali yo‘naltiriladi. Mazkur sahifalarda Dastur maqsad va vazifalari, kasbiy amaliyot tanlovlari va yarmarkalar haqida e’lonlar kabi ma’lumotlar yoritib boriladi. Sizdan, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mazkur ma’lumotlarning o‘z veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda yangilanib borilishi, talabalar hamda keng jamoatchilik orasida “Kelajakka qadam” dasturi haqida xabardorlik darajasini oshirishga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.