Elonlar

Asosiy rasm

23-Fevral, 2026-yil 5:56

📢 E’lon! Akademik harakatchanlik dasturi tanlovi (2026-1)

📢 E’lon! Akademik harakatchanlik dasturi tanlovi (2026-1) 🗓 Boshlanish sanasi: 10-mart, 2026 🗓 Yakuniy muddat: 30-mart, 2026 🔬 Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi uchun loyihalar qabuli boshlanadi! Dastur yosh olimlarga: Ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy ob’yektlari, Zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, Tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish imkoniyatini beradi. ✅ Ishtirok etish shartlari: Nomzod yoshi 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak; Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashadi; Loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi lozim; Amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha. 📌 Muhim:  Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi (https://t.me/djizakinnovation/3728). Batafsil ma’lumot uchun: https://akadem.ilmiy.uz/annoucement/4 📞 Bog‘lanish uchun: (71) 203-32-23 (219)