Yangiliklar

Asosiy rasm

26-Mart, 2026-yil 8:57

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam...

📝 Jizzax Sambhram Universiteti rahbariyati tomonidan Xitoy davlatining Hong Kong Universiteti rahbariyati bilan “Zoom” platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi. 📢 Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlar(exchange program)ini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 🎓 Uchrashuv davomida ta’lim dasturlarini o‘zaro almashish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💡 Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. 📊 Ushbu uchrashuv universitetning xalqaro nufuzini oshirish, talaba-yoshlarga kengroq ta’lim imkoniyatlarini yaratish hamda global hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm