31-Iyul, 2025-yil 23:43
Jizzax Sambhram Universitetida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi talabalar uchun bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, esda qolarli onlar, qizg‘in raqslar va tabriklarga boy tarzda o‘tkazildi. 🎤 Tadbirda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladilar. 📸 Har bir bitiruvchi uchun ushbu kecha — nafaqat universitet hayotining yakuni, balki yangi bosqichga ilk qadam bo‘ldi.