15-Noyabr, 2023-yil 16:13
0
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni mamlakatda kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ilk bor viloyatimizda kibersport - kompyuter sporti bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun musobaqa tashkil etildi. Ushbu musobaqa bugungi davrida yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jizzax Sambhram universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, hamda Valkyrie eSports hamkorligida tashkil etildi. Musobaqa joriy yil 15-17 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Jizzax viloyatidagi 5 ta oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etib kuchli bahslar natijasiga ko'ra: 1-o'rin: Sambhram universiteti jamoasi; 2-o'rin: Jizzax politexnika instituti jamoasi; 3-o'rin: O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali jamoalari egalladi. va musobaqa g‘oliblari deb topildi: eng yaxshi 1-o‘rinni qo’lga kiritgan jamoa 7 000 000 million soʻm, 2-o‘rin 2 000 000 so’m va 3-o‘rin qo’lga kiritgan jamoaga 1 000 000 so’mlik pul mukofotlarini qo’lga kiritib, maxsus diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to‘liq onlayn rejimda o‘tkazildi Musobaqa doirasidagi markaziy o‘yinlar Valkyrie eSports klubining Youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilindi. Bu galgi musobaqalarda 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Kibersport so‘nggi yillarda ommalashib bormoqda. Agar ilgari kompyuter o'yinlariga bo’lgan munosabat noaniq va hattoki biroz salbiy bo’lgan bo’lsa, hozirda kompyuter o'yinlari dunyosi va unga bo'lgan munosabat sezilarli o'zgardi. Kibersport to’laqonli sport sohasi sifatida jadal rivojlanmoqda.
2023 йил 8-aprel kuni O‘zbekistonda ayollar uchun "GAP" IT-klubi doirasida …
8-Aprel, 2023-yil 10:08
0
Jizzax Sambhram Universitetida kiber sport bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi …
26-Aprel, 2022-yil 7:59
0
⚡️Jizzax viloyatida ilk bor "DevFest 2022 Jizzakh" dasturchilar festivali tashkil …
26-Noyabr, 2022-yil 7:47
0
Jizzaxda “Sambhram” universiteti rasman ochildi
21-Dekabr, 2021-yil 6:17
0
Sambhram texnologiya instituti Jizzaxda filial ochildi
16-Fevral, 2021-yil 6:14
0