20-Mart, 2025-yil 6:04
0
Jizzax Sambram universitetida bahor faslining eng go‘zal va eng qadimiy bayrami – Navro‘z keng nishonlandi. An’analarimiz va milliy qadriyatlarimiz tarannum etilgan ushbu tantanali tadbirda talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, el-yurtimizga tinchlik, farovonlik va baraka tiladilar. Bayram davomida milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar, dorbozlar chiqishlari va xalq o‘yinlari namoyish etilib, barchaga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, Navro‘z taomlari tayyorlanib, talabalar o‘rtasida do‘stona musobaqalar tashkil qilindi. Jizzax Sambram universiteti jamoasi bu kabi tadbirlar orqali yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undashni davom ettiradi. Navro‘z barchamizga qutlug‘ kelsin!
📊 «Eng faol nodavlat OTM rektori» so'rovnomasi natijalari
26-Dekabr, 2025-yil 4:26
🌏 Sambhram University professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy …
20-Dekabr, 2025-yil 4:19
🌏 Jizzax Sambhram Universitetida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan …
6-Dekabr, 2025-yil 2:55
🎓 Jizzax Sambhram Universiteti talabalari Bangalorda taqdimot bilan …
6-Dekabr, 2025-yil 2:52