Asosiy rasm

6-Dekabr, 2025-yil 2:55 0

🌏 Jizzax Sambhram Universitetida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi...

💡 Jizzax Sambhram Universitetida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi. 📌 Bugun universitetda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan talabalarda biznes g‘oyalarini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Respublika Yoshlar Venture jamg‘armasi xodimi O. Orifjonov, Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati rahbari A. Rabbimov hamda universitet Ilmiy-innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i X. Abdiyev ishtirok etdi. 📝 Tadbir davomida jamg‘arma vakillari yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, grant va kredit dasturlari, startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, tadbirkorlik bosqichlari, biznes-reja tuzish, moliyaviy savodxonlik va bozor tahlili bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. 🎓 Seminar-treningda talabalar ham faol qatnashib, o‘z taqdimotlari, innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini namoyish etdilar. Mutaxassislar tomonidan loyihalar baholanib, yosh tadbirkorlar uchun muhim tavsiya va takliflar bildirildi.