Asosiy rasm

11-Noyabr, 2024-yil 6:01 0

JIZZAX SAMBHRAM UNIVERSITETI NTM Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar. Xalqaro ilmiy-texnik anjuman

Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar. Xalqaro ilmiy-texnik anjuman Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjumanda 10 dan ortiq mamlakatlardan, jumladan Hindiston, Malayziya, Koreya Qozog’iston, Pokiston, Tatariston, Bashqartaston va boshqa ko'plab mamlakatlardan professor-o’qituvchilarni ajoyib yig'ilishiga mezbonlik qilish sharafiga egamiz. Bundan tashqari, mamlakatimiz bo‘ylab ko’plab olim va tadqiqotchilar o‘zlarining bebaho tajribalari va ilg‘or izlanishlari bilan bo’lishish uchun bizga qo‘shildilar. Ushbu konferensiya universitetimiz tarixidagi muhim bosqich bo‘lib. Universitetimiz har doim innovatsiyalar, inklyuzivlik va mukammallik qadriyatlarini qo'llab-quvvatlashga intilgan. Dunyo bo'ylab ko'plab nufuzli ishtirokchilarning ishtirok etishi bizning global hamjamiyatimiz kelajagini shakllantirishda qadriyatlarga asoslangan ta'lim muhimligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda fan, ta’lim-tarbiya va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim shakllari va mazmunini takomillashtirish borasida olib borayotgan islohotlar o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish orqali amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jahon miqyosida hududlar va hatto mintaqalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan bir-biriga integratsiyalashib borayotganligini kuzatib turibmiz. Hozirgi davr, ya’ni “Axborot asri” har sohada axborot texnologiyalarini keng qo‘llash talabini qo‘yar ekan, mazkur yo‘nalishda chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. 2024-yil 11-noyabrda Jizzax Sambhram universiyeyi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlari, Oʻzbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori, 2018-yil 12-yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 24-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan 2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipovning 18.01.2024 yildagi 16-son buyrug‘i ijrolarini ta’minlash maqsadida “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-texnik anjumani oflayn hamda onlayn Zoom orqali boʻlib oʻtdi. Tashkiliy qo‘mita o‘z ishini Jizzax Sambhram universitetining faollar zalida olib bordi. 1. Anjuman mavzusi: “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” xalqaro miqyosidagi ilmiy – texnik anjuman. 2. Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari: Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari: IT sohasi, muhandislik texnologiyalari, hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti, tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya hamda ularga turdosh sohalarning olimlari va mutaxassislari orasida hamkorlikni kengaytirish, yangi ilmiy natijalar va usullarni muhokama qilish, yosh olimlarni sohaga jalb qilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini yaratishning dolzarb muammolari va yechimlariga qaratilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim, ilmiy tadqiqot, boshqaruv sohalarida qo‘llash (nazariyasi va amaliyoti), axborot-kommunikatsiya sohasi uchun kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlariga qaratilgan. Anjumanning maqsadi: IT sohasi, muhandislik texnologiyalari va dasturiy ta’minotlarini yaratishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va ularni murakkab tizimlarni boshqarishda hamda ilmiy tadqiqot jarayonlarida joriy qilish, globallashuv sharoitida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaxshilash, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha mavjud yuqori salohiyatli ilmiy maktablar an’analari hamda ilg‘or fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish; sohada olib borilayotgan izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo‘naltirish, sohalardagi muhim masalalarni muhokama etishdan iborat. Anjumanning vazifalari: - zamonaviy IT texnologiyalari va dasturiy ta’minotlar yaratishning amaliy masalalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holatini tahlil qilish; - hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini muvofiqlashtirish; - tizimli tahlil, boshqaruv, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya bo‘yicha dolzarb muammolarni yechishda ilmiy asoslangan takliflar berish; - axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash; - muhandislik texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sohasida barqaror rivojlanishga ko‘maklashish; - axborot-kommunikatsiya tarmoqlari uchun malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash istiqbollarini belgilash. Muhokama qilingan masalalar: - Sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi; - Raqamli iqtisodiyot; - Ta’lim texnologiyalari va barqaror rivojlanish; - Ijtimoiy gumanitar sohalar : - Aniq va tabiiy fangadi muammo va yechimlar: 3. Anjumanda vazirlik, idora va tashkilotlar soha olimlari va mutaxassislarining, yosh olimlar, magistrant va talabalarning ishtiroki, shu jumladan chet ellik ishtirokchilar. Anjuman ishida xorijiy va respublikamiz oliy o‘quv yurtlaridagi professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchilar, magistrant va bitiruvchi talabalar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Anjuman ishida xorijiy va mahalliy OTMlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va bitiruvchi talabalari tomonidan jami 284 ta ilmiy maqola va tezislar bilan ishtirok etishdi. Shu jumladan chet ellik mutaxassislardan Malayziya, Koreya, Italiya, Hindiston, Rossiya federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi OTMlari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari va tadqiqotchilari tomonidan jami 19 ta ilmiy maqola va tezislar bilan ishtirok etishdi. 4. Anjumanlar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan aniq tavsiyalar, tavsiyalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar va ular natijasida kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik rejalari (ilova bo‘yicha to‘ldiriladi). Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallarida muhokama etilgan masalalar va tavsiyalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy-hamkorlik dasturlarining amalga oshirilishiga hamda sun’iy intellekt, raqamli transformatsiyalar va iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasining ta’sirini baholashda va sohani rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlarini belgilashda, ilmiy-amaliy va ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarni tezkorlik bilan rivojlanishga oʻz hissasini qoʻshdi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallarida muhokama etilgan masalalar: axborot xavfsizligi, raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilmalar, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, texnologiyalar va barqaror rivojlanish, axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar kabi turli yoʻnalishlar chuqur tahlil qilingan ma’ruzalar eshitildi va muhokama qilindi. Ilmiy samaradorlik: anjumanda muhokama etilayotgan muammolar bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. Ijtimoiy samaradorlik: zamonaviy axborotlashtirilgan jamiyat va axborotlashtirilgan ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilmalarni yaratish, fuqarolarda sun’iy intellekt vositalaridan to‘g‘ri foydalanish malakalarini shakllantirish muammolarining yechimlari belgilanadi. Iqtisodiy samaradorlik: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarishga innovatsion muhandislik texnologiyalarni, texnik vositalarni, fan yutuqlarini joriy etish, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga zamin yaratadi. Bularning barchasi esa, iqtisodiyot tarmoqlarida eng kam mehnat sarfi evaziga jahon bozori talablariga mos sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga asos bo‘ladi va yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. 5. O‘tkazilgan tadbirdan kutilgan natijalar: 1. Zamonaviy IT texnologiyalari va dasturiy ta’minotlar yaratishning amaliy masalalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holati tahlil qilindi va bu boradagi yangiliklar hamda ilg‘or g‘oyalarni muhokamaga qo‘yib, o‘zaro fikr almashinildi, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 2. Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari muvofiqlashtirildi va sohaning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi hamda bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarning mazmun-mohiyati va saviyasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 3. Tizimli tahlil, boshqaruv, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya bo‘yicha dolzarb muammolarni yechishda ilmiy asoslangan takliflar berildi va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bugungi kunda axborot xavfsizligining muammolari, yechimlari va istiqbollarini ta’minlashda yangi metodlar va tajribalarni kengroq qo‘llash tavsiya etildi. 4. Axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi va sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha olingan eng so‘nggi natijalar va erishilgan yutuqlar atroflicha muhokama qilindi hamda bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarning mazmun-mohiyati va saviyasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 5. IT texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sohasida barqaror rivojlanishga ko‘maklashish, iqtisodiyot tarmoqlarida eng kam mehnat sarfi evaziga jahon bozori talablariga mos sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash muammolari va yuqori texnologik samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 6. Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari uchun malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash istiqbollari belgilandi va tizimiga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, bu borada ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar va maslahatlar berildi, ta’limida motivatsiya masalalarining ahamiyati muhokama qilindi. Xalqaro ilmiy-texnik axborot xavfsizligi, raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilmalar, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, texnologiyalar va barqaror rivojlanish, axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar kabi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holati va ustuvor masalalari sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi olimlar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda Respublikamizda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarning ishlarini yuqori sifat darajasiga ko‘tarishga ahamiyat berildi. Anjuman ishida ishtirok etgan respublika va xorijiy OTMlarning yetakchi mutaxassislari va olimlari filialimiz jamoasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, jumladan, yoshlarni ilm-fanga jalb etish va ular tomonidan erishilgan ilmiy natijalarni yuqori baholadilar. Mazkur ilmiy-texnik anjuman Jizzax Sambhram universiteti hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari va Malaysiya, Italiya, Koreya, Hindiston, TATU Qarshi filiali, Adju universiteti, Xalqaro Agrar universiteti, Rossiya, Qozon federal universiteti, Qozogʻiston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari ishtirokida o‘tkazildi. Har bir ma’ruza yuzasidan anjuman qatnashchilari orasida o‘zaro savol-javoblar va qizg‘in bahs-munozara bo‘lib o‘tdi. “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjumani Jizzax Sambhram universiteti ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan bajarilayotgan bir qancha ilmiy-texnik dasturlar va xalqaro loyihalar bilan bog‘liq. Anjuman natijasida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib beriladi hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtiriladi. Anjuman yakunida “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumanida qatnashchilar faol ishtiroki uchun “SERTIFIKAT” bilan taqdirlanishdi.

Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm