Sayt hozir TEST rejmda ishlamoqda kamchiliklar uchun uzur so'raymiz
Asosiy rasm

Jizzakh shakhrida “Sambhram” universityini tashkil etish hora-tadbillary to’g’risida

Jizzax Sambhram Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 401-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Bu qaror Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) hamda Sambhram Group o‘rtasidagi kelishuvdan so‘ng qabul qilingan. Kelishuv 2021-yil 16-fevralda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiyaning Hindistonga tashrifi chog‘ida erishilgan bo‘lib, memorandum Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va Sambhram Group rahbari Dr. Nagraj Venkatesh tomonidan imzolangan Universitetning asosiy maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (IT) sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash bo‘lib, zamonaviy professional ta’limni axloqiy qadriyatlar va xarakter tarbiyasi bilan birlashtirishga e’tibor beradi. Sambhram Groupning 30 yillik tajribasi va dunyo bo‘ylab 7 ta xalqaro kampusga ega bo‘lgan tarmog‘i ushbu loyihada muhim rol o‘ynagan. Universitet o‘qitishni kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida to‘lov-kontrakt asosida olib boradi.