| # | |||
|---|---|---|---|
| 1 | Jizzax Sambhram Universiteti Ustavi | ||
| 2 | Vazirlar mahkamasi qarori | ||
Universitet Hindistonning nufuzli “Sambhram Group” kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, 2021-yil 16-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan №0039-sonli litsenziya asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Shuningdek, mazkur oliy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 401-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. “Sambhram” universiteti axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishlarida yuqori sifatli ta’lim berishga ixtisoslashgan bo‘lib, talabalarga global standartlarga mos, zamonaviy akademik muhitni taqdim etadi. Universitet o‘quv dasturlari nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qiladi. Universitetda bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Bakalavr darajasida Axborot texnologiyalari fanlari (BSc), Axborot texnologiyalari muhandisligi (BTech) hamda Biznes boshqaruvi (BBA) yo‘nalishlari mavjud. Magistratura bosqichida esa Axborot texnologiyalari (MSc) hamda Biznes boshqaruvi (MBA) dasturlari taklif etiladi. Ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Universitet innovatsion ta’lim muhiti orqali talabalarning shaxsiy va professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularni global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. “Sambhram” universiteti — bu bilim, tajriba va imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan bo‘lib, kelajak liderlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan.