F.I.SH Raxmankulova Dilora G‘ulomovna
Lavozim Jizzax Sambhram universiteti o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Katta o'qituvchi
Telefon +998722215868
E-pochta xxx@gmail.com
Ish-vaqti Seshanba - Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma’lumot
O`quv-uslubiy bo`limi faoliyati va vazifalari: -Bo`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish; -bo`limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash; -bo`lim maqsadidan kelib chiqib, ta’lim muassasasida mutasaddi bo`lgan bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirish; -O`zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish; -O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish; -o`quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o`rtasida yo`nalish bo`yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish; -o`quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish borasidagi ishlarni tashkil etish; -zamonaviy baholash usullari orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qilishni tashkil etig. Mazkur nazorat natijalari asosida o`quv tematik rejalarga aniqlik kiritish, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlash; -OTM professor-o`qituvchilar tarkibi tomonidan o`quv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qilish; zamonaviy va ilg`or tajribalarni o`rganish va umumlashtirish; -fakultetlarda o`quv jarayonining tashkil qilinishini o`rganish, nazorat natijalari bo`yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet rahbariyatiga tegishli ko`rsatmalar berish; -yosh o`qituvchilarning malaka va tajriba orttirishini tashkil qilish; -professor-o`qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qilish; -OTM professor-o`qituvchilarining malaka oshirishini tashkil qilish borasidagi rejalarning bajarilishini nazorat qilish; -mutaxassislar tayyorlash bo`limi bilan birgalikda OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash taqsimotida qatnashish; -O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqarish va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qilish; -OTM qabul hay’ati ishida ishtirok etib, OTMga qabul haqidagi axborotni shakllantirish va qabul natijalarini umumlashtirish; -fakultetlar va kafedralar ish faoliyatini o`rganish, natijalarini umumlashtirish, kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritish; -fakultetlar, kafedralarning yillik hisobotlarini qabul qilib olish.