F.I.SH Axmedov Furkat Karimberdiyevich
Lavozim Jizzax Sambhram universiteti sirtqi bo‘lim boshlig‘i. Katta o'qituvchi
Telefon +998332526252
E-pochta netman26121981@gmail.com
Ish-vaqti Seshanba - Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma’lumot
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i ning faoliyati va vazifalari: Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limni oliy ta`lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boshliq boshqaradi. Bo’lim boshlig’i: sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi; talabalarniig malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo’yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi; o’qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o’zlashtirishi nazorat qilinishini ta`minlaydi; talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqlaydi; talabalar bilan o’quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko’radi; mehnat muhofazasi, texnika va yong’in xavfsizligi bo’yicha tadbirlarni, bo’lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi; o’quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o’qituvchilarning o’quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; oliy ta`lim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi (maxsus sirtqi) ta`lim manfaatlarini o’z vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi; talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limda o’quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o’qituvchilarni taqsimlaydi; sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limning oliy ta`lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o’zaro aloqasini ta`minlaydi.