Xoshimxonov Xondamir Muminovich

F.I.SH Xoshimxonov Xondamir Muminovich

Lavozim Jizzax Sambhram universitetida xodimlar bo‘limi boshlig‘i. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Telefon +998339408810

Ish-vaqti Seshanba - Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00

Umumiy ma’lumot

Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat: – xodimlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlarga doir xujjatlarni yagona tizimga keltirish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish; – institut tuzilishi va shtati yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish; – xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash; – institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy muhitni saqlab turish yuzasidan takliflar kiritish; – xodimlarning shaxsiy xujjatlar yig‘majildlari, mehnat daftrachalari, bitiruvchilarga beriladigan diplomlar butligini ta’minlash. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: – amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash; – xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini o‘rganish; – mehnat munosabatlariga oid barcha buyruqlarni rasmiylashtirish; – xodimlar qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganish; – xodimlar shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni yuritish; – xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yig‘majildlarini yuritish hamda saqlash; – xodimlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda institutning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga maslahat va uslubiy yordam berish; – mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish.