Jizzax viloyatida ilk bor "DevFest 2022 Jizzakh" dasturchilar festivali tashkil qilindi.
Jizzax viloyatida ilk bor "DevFest 2022 Jizzakh" dasturchilar festivali tashkil qilindi.💻 26-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Google Developer Groups hamda Sambhram universiteti hamkorligida DevFest - Jizzaxdagi birinchi texnologiya festivali tashkil qilindi.Xorijiy IT korxonalarda (Codemotion Ninja, iTransition Group, Toptal, iTechArt) faoliyat olib boruvchi dasturchi spikerlar konferensiya davomida o'z tajribalari bilan bo'lishishdi va quyidagi yo’nalishlarda amaliy master-klaslar ko'rsatishdi.🌐 WEB;📱 Mobile ;🎨 Dizayn.Dasturchilar festivalida qatnashgan yoshlar, dasturchi spikerlar tomonidan o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi hamda amaliy topshiriqlarni bajargan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.
Tadbirlar Fotogalereyasi & Foto Slayder
Tadbirdan olingan yuqori sifatli fotosuratlarni tomosha qiling
newspaper Boshqa Yangiliklar & E'lonlar
Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!
“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...