Jizzax Sambhram Universitetida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Jizzax Sambhram Universitetida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan talabalarda biznes g‘oyalarini shakllantirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Yoshlar Venture jamg‘armasi xodimi O. Orifjonov, Yoshlar ittifoqi viloyat rahbari A. Rabbimov hamda universitet Ilmiy-innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i X. Abdiyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamg‘arma vakillari yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, grant va kredit dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Talabalar ham faol qatnashib, o‘z taqdimotlari va startap loyihalarini namoyish etdilar.
newspaper Boshqa Yangiliklar & E'lonlar
Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!
“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...