Sayt hozir TEST rejmda ishlamoqda kamchiliklar uchun uzur so'raymiz

F.I.SH Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich

Lavozim “Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri

Telefon +998933054500

Ish-vaqti Du - Ju 8:30 - 16: 30, Sha 8:30 - 14: 30

Umumiy ma’lumot

«Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi tarixi “Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “Fundamental fanlar” va “Ijtimoiy gumanitar” fanlar kafedralari negizida Jizzax SAMBHRAM universiteti NTM rektorining 2024-yil 17-sentabrdagi №78-AF sonli “Universitetda ayrim kafedralarni birlashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 2024-yil 17- sentabrdan boshlab p.f.f.d. (PhD), dotsent Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich kafedra mudiri etib tayinlandi va bugungi kunga qadar boshqarib kelmoqda. Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan barcha bakalavr ta’lim yoʻnalishlari va magistratura ixtisosliklariga dars mashg’ulotlarini olib borishmoqda. O‘quv ishlarini bajarishga 17 nafar professor-o‘qituvchilar – 14.5 shtat birligi, jumladan, kafedra mudiri – 1 shtat; dotsent –3 shtat; katta o‘qituvchi – 8 shtat; assistent oʻqituvchi-5 shtat birligi asosida jalb qilingan. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan katta o‘qituvchilar Suyunova G.X., Sharipov S.S., Shodiyarova M.T., Temirov J., o‘qituvchilar Suvankulova M.B., Shukurova L.Sh.lar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.