Sayt hozir TEST rejmda ishlamoqda kamchiliklar uchun uzur so'raymiz

F.I.SH Abdug‘aniyev Bekzod Burxon ug‘li

Lavozim «Axborot texnologiyalari fanlari » kafedrasi mudiri

Telefon +998943405355

Ish-vaqti Du - Ju 8:30 - 16: 30, Sha 8:30 - 14: 30

Umumiy ma’lumot

«Axborot texnologiyalari fanlari» kafedrasi tarixi “Axborot texnologiyalari fanlari” kafedrasi 2024 yilda Univeritet rektori professor D.Xusanov tashabbusi bilan tashkil qilingan. 2024 yil 18- sentyabrdan boshlab PhD Abdug‘aniyev Bekzod Burxon ug‘li kafedra mudiri etib tayinlandi va bugungi kunga qadar boshqarib kelmoqda. Kafedra tomonidan “Axborot texnologiyalari fanlari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va “Axborot texnologiyalari fanlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda. Kafedra jami 10 nafar xodimdan tashkil topgan bo‘lib shundan 7 nafarini professor-o‘qituvchilar va 3 nafarini tarjimonlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan katta o‘qituvchi Mahkamov Shohruh Sarvar o‘g‘li, o‘qituvchilar Rajesh Pauldurai, Ezhumalai Perumal va Dandu Jayabharath Reddy lar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada kelgusi yillar uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan: Ilmiy-tadqiqot va hamkorlik sohasida: Axborot texnologiyalari sohasidagi global tendensiyalarni inobatga olgan holda, kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: • Raqamli transformatsiya: Axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolarini hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, jumladan, sun’iy intellekt, blokcheyn, katta ma’lumotlar va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish. • Ilmiy hamkorlik: Respublika va xalqaro nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, turli ilmiy loyihalarda ishtirok etish. • Ilmiy salohiyatni oshirish: Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilayotgan ilmiy maqolalar chop etishini rag‘batlantirib borish, ilmiy darajali mutaxassislar ulushini kamida 70% ga yetkazish. • Doktorlik dissertatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash: Mustaqil tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ishlarni muhokama qilish, ilmiy kengashlar orqali dissertatsiyalarni tezroq yakunlashga ko‘maklashish. • Davlat grantlari va sanoat buyurtmalari: Axborot texnologiyalarining sanoatdagi real muammolarini hal qilishga qaratilgan davlat grantlari va xususiy sektor buyurtmalari asosida ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish. Xalqaro va ilmiy tadbirlar Axborot texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy tadbirlarni kengaytirish hamda talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish maqsadida: • Xalqaro anjumanlar: Zamonaviy texnologiyalar va ularning muammolari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish. • Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash: Yosh olimlar va talabalarni xalqaro tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash va ularning ilmiy loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashish. • Innovatsion ishlanmalar: Talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish. • Mentorlik tizimi: Iqtidorli talabalar uchun professor-o‘qituvchilar rahbarligida ilmiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatini yaratish. Zamonaviy texnologiyalar va ta’lim Ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarni zamonaviy mehnat bozoriga mos keladigan mutaxassis sifatida tayyorlash uchun: • Raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish: Talabalarga masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, onlayn kurslar va virtual laboratoriyalar tashkil etish. • Interaktiv dars uslublari: Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt, raqamli laboratoriyalar va virtual reallik vositalaridan foydalanish. • O‘quv dasturlarini yangilash: Axborot texnologiyalarining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fanlarni joriy etish. • Ko‘rgazmali materiallar va elektron resurslar: Har bir fan bo‘yicha ilg‘or metodik qo‘llanmalar, video darsliklar va interaktiv materiallarni tayyorlash va uni kutubxonaga taqdim etish. • Innovatsion dars uslublari: Ma’ruzalarning kamida 35% muammoli tarzda tashkil etilib, talabalarning faolligini oshirish. • Real loyihalarda ishtirok: Talabalarni IT kompaniyalari bilan hamkorlikda amaliy loyihalarga jalb etish, startap va innovatsion markazlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytirish. KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR: Bakalavriat: • С tilidan foydalangan holda muammoni yechish texnikalari; • Kompyuterni tashkil etish; • Malaka oshirish kursi; • Ixtisoslikka kirish; • Ma’lumot tuzilmalari; • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari; • Malaka oshirish kursi II; • C++ tildan foydalangan holda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash; • Malaka oshirish kursi III; • C #.NET dasturlash; • Operatsion tizim; • Malaka oshirish kursi IV; • Ma’lumotlar kommunikatsiyasi va tarmoqlari; • Java dasturlash; • Algoritm tahlili va dizayni; • Ilg'or Java dasturlash; • Veb dasturlash; • Kiberxavfsizlik; • Korxona resurslarini rejalashtirish ERP; • Mobil hisoblash; • Elektron boshqaruv; • Kriptografiya; • Sun’iy intelekt; • Bulutli hisoblash; • Korporativ ilovalarni ishlab chiqish; • Tarmog‘ xavfsizligi; • Python Magistratura: • Ma'lumotlar bilan aloqa va tarmoqlar; • Kompyuter asoslari va C dasturlash; • Operatsion tizim; • Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi; • Ilg'or ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmi; • Kompyuter tarmoqlari; • Axborot va tarmoq xavfsizligi; • Sun'iy intellect; • Mobil hisoblash; • Web dasturlash; • Python yordamida mashinani o'rganish; • Dasturiy ta'minot muhandisligi; • Kompyuterni tashkil etish; • IoT; • Katta ma’lumotlar bazasi; • Kvant hisoblash; • Dasturiy ta'minot loyihasini boshqarish; • Inson boshqaruvi interfeysi; • Robototexnika • Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash;