Sayt hozir TEST rejmda ishlamoqda kamchiliklar uchun uzur so'raymiz

F.I.SH Tursunqulov Inom Abduhalilovich

Lavozim “Biznes boshqaruv” kafedrasi mudiri

Telefon +998938223900

Ish-vaqti Du - Ju 8:30 - 16: 30, Sha 8:30 - 14: 30

Umumiy ma’lumot

BIZNES BOSHQARUV KAFEDRASI TARIXI Sambhram universiteti ilmiy kengash qaroriga binoan 2024-yil 19-fevralda “Biznes boshqaruv” kafedrasi tashkil topgan hamda kafedra mudiri iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Tursunqulov Inom Abduhalilovich tayinlangan. Kafedrada 28 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borib, ular orasida 6 nafari Hindistonlik professor-o‘qituvchilardir. 8 nafar PhD shundan 5 nafari dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchilar, 12 nafar assistentlar hamda 2 nafar tarjimon faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrani ilmiy salohiyati 29 % tashkil qiladi. О‘quv-ishlari: “Biznes boshqaruv” kafedrasida 60410900-Biznesni boshqarish kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida va 70411302-Biznesni boshqarish magistratura mutaxasisligi bo‘yicha ta’lim berib kelinmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hamda universitet rektorining rо‘yxatga olingan DTS, namunaviy о‘quv reja asosida о‘quv jarayoni tashkil etilgan. Ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha sillabuslar universitet ilmiy kengashida tasdiqlangan. Bugungi kunda kafedrada 38 nomdagi fanlar о‘qitilib, fanlarning barchasidan о‘quv-uslubiy majmualar professor-о‘qituvchilar tomonidan yaratilgan va bu о‘quv-uslubiy majmualardan ta’lim jarayonida keng foydalanilmoqda.